"Manchester Siti" yulduzi "Real"ga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 may 2026, 13:10
"Real" shu yozda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashi mumkin.

AS nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisining agentlari futbolchining xizmatlarini madridliklarga taklif etgan.

2.jpg

"Qaymoqranglilar" yarim himoyasini kuchaytirish uchun turli variantlarni faol ravishda o'rganmoqda va Silva Madrid klubi uchun qiziqarli echim bo'lishi mumkin.

Bernardu joriy mavsum "Manchester Siti" safida 51 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

31 yoshli portugaliyalik xavbek hozirgi klubida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda va sardorning shartnomasi iyun oyida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS