

Angliyani mag'lub etib, qita chempionligini qo'lga kiritgan ispanlar Madrid shahridagi Sibeles maydonida o'tgan bayram tashkil etishdi. Unda futbolchilar tomonidan dil izhorlari aytilib, turli qo'shiqlar aytildi.
Tantanada "qizil furiya" yarim himoyachisi Rodrining so'zlari diqqat markazida bo'ldi. U o'ng minglab muxlislar qarshisida Angliya ta’siri ostida bo'lgan Gibraltarni Ispaniyaniki deya kuyladi.
Terma jamoa sardori Alvaro Morata uning qarshisiga borib, "Angliya Premer-ligasida o'ynayotganingni unutma, do'stim", deya eslatgan. Rodri esa "Menga farqi yo'q", deya javob bergan.
Eslatib o'tamiz, Pireney yarimorolida joylashgan Gibraltar uzoq yillardan beri Britaniya va Ispaniya o'rtasidagi munozarali hudud hisoblanadi. Britaniya 1713 yildan beri hududni nazorat qiladi, biroq ispanlar bu erlarni o'z mamlakatiga qaytarilishi kerak deb hisoblaydi.



