"Manchester Siti" yana bir xaridni amalga oshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025, 19:36
"Shaharliklar" inqirozdan chiqib ketish uchun transfer bozorida ancha faol bo'lishdi.

Avvalroq, klub hamyurtimiz Abduqodir Husanovdan tashqari, Vitor Reys (30 mln funt) va hujumchi Omar Marmushni (59 mln funt + 4 mln funt) sotib olgandi.  

Transfer oynasi deyarli yakunlanayotgan bir pallada "shayxlar" "Portu"sharafini himoya qilayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Niko Gonsalesni o'z safiga qo'shib oldi. Bu ma'lumotni Fabricio Romano ham tasdiqlab ulgurdi. 

"Niko Gonsales – "Man Siti" futbolchisi, here we go!", - deb yozgan Romano.

Manchesterliklar futbolchi transferi uchun 60 mln evro to'laydi. Futbolchining "ajdarlar" bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli aynan shuncha. E'tiborlisi, ushbu summaning 40% "Barselona"ga nasib qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо