"Manchester Siti" "Vest Xem" yetakchisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2021
Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Vest Xem" futbolchisi Deklan Raysni sotib olmoqchi.

"Manchester Yunayted" bir necha oydan buyon yarim himoyachining transferi borasida "Vest Xem" bilan muzokaralar olib borishga urinayotganiga qaramay, kelishuv haligacha yakunlanmagan.

Natijada Manchesterning boshqa klubi "Siti" bundan foydalanib qolmoqchi. Manbaning yozishicha, "shaharliklar" Raysni yaqin kelajakdagi ustuvor maqsad deb hisoblashmoqda.

Jamoa rahbariyati ingliz futbolchisini 36 yoshli Fernandinoning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, yaqinda London klubining xo'jayinlari Raysga 100 million evro miqdorida narx belgilagandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic