"Manchester Siti" Uokerga Bundesligadan o'rinbosar topib qo'ydi

Alisher
15 dek 2024, 13:23
"Manchester Siti" "Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Amaldagi chempionlar bosslari angliyalik himoyachi Kayl Uokerga o'rinbosar izlashmoqda. Klub o'yinchining formasidan norozi. "Siti" transfer bo'limi endilikda ehtimoliy o'rinbosarlarni izlashni boshlab yubordi. Jeremi Frimpong esa nomzodlardan biri.

Jeremi Frimpong - "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi joriy mavsum "Bayer" tarkibida 22ta o'yinda 2ta gol va 7ta assist qayd etdi. Transfermarkt niderlandiyalikni 50 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Insider