"Manchester Siti" "Tottenxem" yetakchisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025, 14:05
Angliyaning "Manchester Siti" klubi yozda yangi himoyachini safiga qo'shmoqchi va endi ular nomzodlar ro'yxatiga Destini Udojini ham kiritishdi.

"Bu oson bitim bo'lmaydi, chunki "shporlar" Udojini jamoaning asosiy o'yinchisi deb biladi, "Siti" esa uni juda yoqtiradi", – deb yozmoqda Fabricio Romano.

Shuningdek, Turinning "Yuventus"i himoyachisi Andrea Kambyazo ham "shaharliklar"ning ehtimoliy xaridlari ro'yxatida bor.

Udoji haqida shuni qo'shimcha qilish mumkinki, u "Tottenxem"dan tashqari Italiyaning "Verona" va "Udineze" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano