"Manchester Siti" stadion yaqinida Aguero sharafiga haykal o'rnatadi

Alisher
30 mar 2021, 08:38
"Manchester Siti"ning uy stadioni yaqinida hujumchi Serxio Aguero sharafiga haykal o'rnatiladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, shunday haykallar David Silva va Vensan Kompani sharafiga ham qo'yiladi.

Kecha ma'lum bo'ldiki, Aguero yozda klubdan ketadi. Uning shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli argentinalik futbolchi "Manchester Siti"ga 2011 yilda Madridning "Atletiko" klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com