

"Atletiko Paranaense" yarim himoyachisi Fernandino faoliyatini yakunlamoqchi emas, deya xabar berdi "A Bola".
Futbolchi jamoada yana kamida 1 mavsum o'tkazmoqchi, bu haqda u klub rahbariyatini xabardor qilgan.
Braziliyalik futbolchi 2022 yildan buyon "Atletiko Paranaense"da o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning oxirigacha mo'ljallangan.
38 yoshli xavbek Yevropada "Shaxtyor" va "Manchester Siti"dagi o'yinlari bilan tanilgan.



