"Manchester Siti" "Sevilya"ning ikki markaziy himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
17 sen 2020, 15:50
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde navbatdagi Yevropa grandi e'tiborini tortdi.

21 yoshli fransiyalik futbolchi bilan "Manchester Siti" shartnoma imzolamoqchi. "Shaharliklar" bitimga Nikolas Otamendini qo'shishga tayyorlar.

O'yinchining xizmatlariga "Real" va "Barselona" ham qiziqmoqda. "Siti" esa bundan tashqari "Sevilya"ning yana bir asosiy tarkib himoyachisi Diego Karlosga ham qiziqmoqda.

Kunde o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning andalusiyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph