"Manchester Siti" rahbariyati futbolchilarni klub moliyaviy qoidabuzarliklarga yo'l qo'ymaganiga ishontirdi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2023, 18:32
"Shaharliklar" rahbariyati futbolchilarga vaziyatni tushuntirdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, 6 ferval kuni soat 14:00 atrofida "shaharliklar" rahbarlari bazada futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan uchrashib, klub qoidabuzarliklarga yo'l qo'ymaganini tushuntirdi. Rahbarlar klub nomini oqlashga vada berdi.

6 fevral kuni APL "Manchester Siti"ni ko'p marta moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybladi. Ma'lumotlarga ko'ra, klub 2009/10 yilgi mavsumdan 2017/18 yilgi mavsumgacha moliyaviy feyr-pley qoidalari bizib kelgan.

"Manchester Siti" moliyaviy nomaqbullik haqidagi davolardan so'ng bayonot berib, bu davolardan hayratda qolganini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic