"Manchester Siti" o'tgan mavsum rekord darajada foyda ko'rdi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022, 10:38
"Shaharliklar"ning moliyaviy avholi joyida.

"Manchester Siti" rasmiy sayti 2021/22 yilgi mavsum yakuni bo'yicha klub moliyaviy hisobotini e'lon qildi. "Shaharliklar" 613 million funt sterling daromadga ega bo'lishdi, shundan 41,7 million funt sterlingi – foyda. Bu klub uchun rekord ko'rsatkich sanaladi.

"Manchester Siti"ning moliyaviy ko'rsatkichlarining yaxshilanishiga hissa qo'shayotgan omillar qatoriga koronavirus pandemiyasidan so'ng muxlislarning "Etixad Stedium"ga qaytishi, shuningdek, klubning tijoriy daromadining oshishi kiradi.

Bundan tashqari, "Manchester Siti" o'yinchi sotishdan 67,7 million funt ishlab oldi. So'nggi 5 yil ichida "shaharliklar"ning futbolchilarni sotishdan olgan foydasi 250 milliondan oshdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com