“Manchester Siti” o'tgan mavsum rekord darajada daromad olgani ma'lum bo'ldi

14 sen 2018, 09:55
“Manchester Siti” jamoasi 2017/18 yilgi mavsum yakuni bo'yicha hisobotlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, klub o'tgan mavsumda rekord darajada daromad 500, 5 million funt sterling topgan. Bu esa Angliya premer-ligasida faqatgina “Manchester Yunayted”nikidan kam degani. Shundan sof foyda esa 10,4 million evroni tashkil etgan. Ish haqining daromadga nisbati  52%ni tashkil etgan. O'z o'rnida xodimlar soni uchdan bir qismga ko'payganiga qaramay, ish haqi uchun xarajatlar 4,5 million funtga kamaygan.

“Siti”ning Chempionlar Ligasidagi daromadi esa 6 million funtga o'sgan. Klub ijrochi direktori Ferrano Sorianoning so'zlariga ko'ra, jamoaning evroarenadagi natijalarini yaxshilash ayni damda ustuvor vazifa bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN