"Manchester Siti" muxlislari uchun xushxabar

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025, 14:40
Jamoa yarim himoyachisi Rodri o'zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qildi

"Manchester Siti" xavbeki Rodri o'ng oyoq tizzasi xochsimon bo'g'imi uzilishidan tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirdi.

"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ruhiy tomondan ham hech qanday zo'riqish yo'q. Tizzamda og'riq yoki boshqa bir muammoni sezmayapman. Hozir asosiysi muskullar to'liq tiklanib, kuchga kirishi. Siz o'ylayotgan narsalaringizdan tashqari, tanangiz his qilayotgan narsalar ham bor. Ular yana bir butun bo'lishi zarur. Umuman olganda o'zimni yaxshi his qilyapman.

Bunday vaqtlarda pozitiv ruhiyatni saqlab qolishga urinaman va odatiy xayot tarzimni davom ettirishga urinaman. Oilam bilan ko'proq birga bo'lyapman va tezroq safga qaytish uchun mashq qilyapman. O'ylashimcha, mavsumning hal qiluvchi pallasiga maydonga qayta olaman", - dedi Rodri.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mancity.com