
Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrikega qiziqish bildiryapti. "Manchester Siti" mutaxassisga moliyaviy tomondan juda yaxshi shartnoma taklif qilmoqchi. Kataloniya klubi bu mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritishi mumkin. "Manchester Siti" esa mavsumni sovrinsiz yakunlaydi.