“Manchester Siti” Kompaniga o'rinbosar topdi

“Shaharliklar” jamoa sardori o'rniga futbolchi topdi.

Yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi ma'lum bo'lgan Vensan Kompani o'rniga Pep Gvardiola ikki nafar himoyachi nomzodini ko'rib chiqmoqda. Unga ko'ra, “Lester” himoyachisi Xarri Maguayr hamda “Ayaks” sardori Matteys de Ligtdan biri “Siti”ga o'tishi mumkin. Maguayrga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda. De Ligt uchun asosiy davogar sifatida esa “Barselona” qaralmoqda.


Manba: Football24