"Manchester Siti" Klaudio Echeverri bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023, 11:40
Argentinalik futbolchi uchun tovon puli 25 million evroni tashkil qiladi.

Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Argentinaning "River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Klaudio Echeverri transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi, deb xabar berdi Fabricio Romano.

17 yoshli hujumkor yarim himoyachining tovon puli 25 million evro ekanligi aytilmoqda. Klublar endi to'lov shartlari bo'yicha eng yaxshi echimni kelishib olishmoqda. Ushbu transfyerdan keyin Echeverri ijara asosida "River Pleyt"da qolishi kutilmoqda.

Klaudio Echeverri ushbu mavsum "River Pleyt" asosiy jamoasida debyut qildi va 6 ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano