
"Shaharliklar"ning yangi kiyinish xonasi aylana shaklda va uning o'rtasiga "Manchester Siti"ning yangi logotipi tushirilgan.

Yangi zamonaviy xonalar ilk marotaba 21 avgust kuni "Everton"ga qarshi bahsda foydalaniladi.

Klub xo'jayini futbolchilarning tezroq tiklanishi uchun gidroterapiya jarayoniga atalgan maxsus xona ham qurdirdi.

Shu bilan birga, futbolchilar o'yindan oldin yuradigan tunel klub restorani oldida bo'ladi va xo'randalar oyna ortidan futbolchilarni kuzatib turish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
