"Manchester Siti" joriy mavsum so'ngiga qadar Foden bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
6 apr 2022, 14:07
"Manchester Siti" yarim himoyachi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Shaharliklar" muzokaralarning rivojlangan bosqichida va 2021/22 yilgi mavsum so'ngiga qadar bitim tuzishmoqchi. Tomonlar yangi kelishuv shartlari borasida yakuniy kelishuvga erishishlari qoldi.

Foden - "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi. 

O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'ngigga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 90min