"Manchester Siti" Husanovga Italiya A Seriyasidan raqobatchi topdi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025, 13:45
"Manchester Siti" Angliya va Yevropa futboli cho'qqisi qaytish yo'lida keng ko'lamli qayta qurishni boshlamoqda.

"City Xtra" portalining xabar berishicha, himoya chizig'iga alohida e'tibor qaratiladi.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" "Udineze"ning 25 yoshli fransiyalik himoyachisi Umar Solega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Narxi 30 mln evroga baholangan himoyachi "Liverpul" va "Chelsi"ning short-listida bor, ammo aynan "Siti" faol muzokaralarni birinchi bo'lib boshlagan.

"Siti" qishda Abduqodir Xusanov va Vitor Reysni sotib oldi. O'zbekistonlik yosh himoyachi tezda moslashib ketdi va boshlang'ich tarkibda bir necha uchrashuvda maydonga tushdi.

Manbalarga ko'ra, Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi Husanov bilan yozda yanada yaqindan ishlay boshlashi, uni kelajakda asosiy himoyaviy rolga tayyorlashni rejalashtirgan. "Shaharliklar" bosh murabbiyi 20 yoshli iqtidorning salohiyatiga ishonadi va uni kelasi mavsumgacha "Siti" tizimiga to'la moslashtirmoqchi.

Solening qo'shilishi raqobatni kuchaytirishi kerak, biroq klub asosiy jamoaning hozirgi o'yinchilaridan – Ake, Stounz yoki Akanjining ketishi mumkinligini inkor etmayapti.

Shu bilan birga, "Yuventus"dan Andrea Kambyasoni transfer qilish varianti ko'rib chiqilmoqda, bu klub rahbariyati jiddiy maqsadlarni oldiga qo'yganini anglatadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Xtra