"Manchester Siti" ham Rodrining transferini tasdiqladi

Alisher
4 iyul 2019
"Atletiko" sobiq yarim himoyachisi Rodri Ernandesning "Manchester Siti"ga o'tganligini ingliz klubi ham tasdiqladi.

Futbolchi bugun "shaharliklar" bilan shartnoma imzoladi. Uning Angliya chempioni safida qaysi raqam ostida o'ynashi ham ma'lum.

Rodri yangi jamoasida 16-raqam ostida to'p tepadi. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi madridliklar tarkibida 14-raqamda o'ynar edi.

Eslatib o'tamiz, kecha "Atletiko" Rodrining manchesterliklar bilan shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edi.

Futbolchining FIFA 20 dagi ko'rinishi


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManCity