"Manchester Siti" Gvardiola bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 19:49
Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. 

"Shaharliklar" mutaxassis bilan yaqin haftalarda muzokaralar olib borishga tayyor. Klub u bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan bitim tuzmoqchi.

Gvardiola bilan amaldagi kelishuv 2025 yilgacha mo'ljallangan.

Ayni paytda klub 18 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira