"Manchester Siti" Grilishning transferi uchun 100 mln evrodan ko'p mablag' ajratadi

Alisher
28 may 2021, 14:23
"Aston Villa" yetakchisi Jek Grilish yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

25 yoshli futbolchi bilan "Manchester Siti" shartnoma imzolamoqchi. "Shaharliklar" rahbariyati yarim himoyachining transferi uchun 100 million funt (~116 million evro) ajratishdi.

Xavbek birmingemliklar safida 2013 yildan beri o'ynaydi.

Futbolchining "Aston Villa" bilan tuzgan shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail