"Manchester Siti" futbolchisi Ispaniyada jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi

25 okt 2019, 19:44
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko tizzasidan olgan jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotqizildi.

22 yoshli ukrainalik tiklanish jarayonini Barselonada o'tkazmoqda. U instagramga joylagan surati tagidan quyidagi so'zlarni qoldirdi:

"Tiklanish yo'lida" – deya yozadi Zinchenko. 



Zinchenko joriy mavsum "Manchester Siti" ning barcha musobaqalarda 9 ta o'yinida maydonga tushdi va jarohati sabali YCHL 3-turining "Atalanta"ga qarshi guruh o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: instagram.com/zinchenko_96