"Manchester Siti" futbolchisi faoliyatini "Betis"da davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 okt 2018, 18:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko LaLiga klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan klubi rahbariyatiga Zinchenkoning maydon markazida va chap qanot himoyasida o'ynashi yoqmoqda.

"Betis" rahbariyati jamoada raqobat yuqori darajada bo'lishini istamoqda, chunki jamoa LaLiga, Ispaniya Kubogi va Yevropa ligasida ishtirok etyapti.

Eslatib o'tamiz, "Betis" yozda Zinchenkoni xarid qilishni yoki ijaraga olishni istagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Desmarque