"Manchester Siti" futbolchisi 6 haftani o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2018, 12:52
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus chap tizzasidan olgan jarohat sabab 6 haftaga safdan chiqdi.

Bu haqda "Daily Mail" xabar qildi.

20 yoshli braziliyalik APL 21-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin (0:0)da jarohatlangan edi.


U tibbiy ko'rikdan o'tishda davom etayotgani ma'lum qilindi. Shuningdek, hech qanday operaciya talab etilmaydi.


Bundan tashqari, huddi o'sha uchrashuvda lat egan yana bir "shaharlik" Kevin De Bryuynening jarohati jiddiy emas. Lekin, u jamoasining navbatdagi bahsini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk