"Manchester Siti" Foden bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirishga yaqin

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022, 14:05
Shartnoma shu hafta imzolanishi mumkin.

"Manchester Siti" Fil Foden bilan kelishuvni uzaytirishga yaqin turibdi.

Klub yarim himoyachi bilan shu haftada 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolashiga umid qilmoqda. Tomonlar so'nggi tafsilotlarni kelishib olishlari kerak, shundan so'ng kelishuv haqida rasman e'lon qilinadi.

Fodenning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein