"Manchester Siti" yetakchisining jamoada qolishi Gvardiolaga bog'liq

Alisher
25 noya 2019
"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling Xosep Gvardiola sabab "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirmayapti.

24 yoshli ingliz futbolchisi hali klub bilan shartnomasini uzaytirmadi, sababi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagi so'roq ostida turibdi.

Qizig'i, Sterling ispaniyalik mutaxassis boshqaradigan har qanday jamoaga o'tmoqchi. Gvardiola Manchesterda qolsa, u ham jamoada qoladi.

Qayd etish kerakki, Sterlingning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun