

Futbolchi uchrashuvning 87-daqiqasida zaxiraga olindi. Norvegiyalik hujumchi oyog'ini shikastlab olgan. Hozircha futbolchining jarohati haqida to'liq ma'lumot berilmagan. Biroq Xoland shaharliklarning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Man Sitining navbatdagi uchrashuvi 19 fevralga belgilangan. O'sha kuni Gvardiola jamoasi ECHL pley-off o'yinlarining javob bahsida Real Madridga qarshi bahs olib boradi.




