

"Angliya klublarining so'nggi 4-5 yilda transferlarga ishlatgan pullariga e'tibor bering. Biz hech qachon transferlarga eng ko'p mablag' ishlatgan klub bo'lmadik.
Bizdan tashqari ham transferlarga ko'p mablag' ishlatayotgan klublar bor. Masalan: "Chelsi, "Manchester Yunayted", "Arsenal". Odamlar bizning transferlarga ko'p ishlatayotganimiz uchun yutyapmiz, deb o'ylashadi. Bu noto'g'ri.
Har mavsumda APLda muvaffaqiyatli qatnashish uchun mehnat qilyapmiz, chunki bu turnirni yutish oson emas. Agarda chempionlik qo'lga kiritilsa, ketma-ket uchinchi va so'nggi olti mavsumdagi beshinchi titul bo'ladi", - dedi Soriano.



