"Manchester Siti" darvozaboni o'ziga boshqa jamoa topdi

Mirjalol Normatov
25 mar 2018, 12:46
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Radio CRC" xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchini "Napoli" o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Oldinroq neapolliklar darvozaboni Pepe Reyna erkin agent sifatida "Milan"ga o'tishi borasida xabarlar tarqagandi. Chililik futbolchi ham Italiya jamoasi safiga borib qo'shilishga qarshi emas.

Bu mavsum Bravo 11 uchrashuvda qatnashib, 9 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Radio CRC