Manchester Siti bu mavsum YCHLda eng ko'p pul ishlab topgan klub

Narzulla Saydullayev
6 apr 2024, 12:14
Manchester Siti hozirga qadar bu mavsum Chempionlar ligasida eng ko'p 89,02 million evro ishlab topdi.

Pullar g'alaba, koefficient, keyingi bosqichga chiqish va telehuquqlar asosida shakllanadi.

Ikkinchi o'rinda Real (86,75 mln), kuchli uchlikni Bavariya (86,02) yakunlab berdi. Pul topish bo'yicha top-8 ga quyidagi klublar kirdi: PSJ (76,28), Atletiko (75,05), Borussiya Dortmund (74,53), Barselona (74,33) va Arsenal (68,44).

O'tgan mavsumda ham eng ko'p pulni aynan Siti ishlab topgandi (134,94 mln evro), Real 118,83 mln, Inter esa 101,29 mln pul olgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo