
“Ushbu haftada bo'ladigan o'yinda maydonga tushishga tayyor bo'laman. Tiklanish jarayoni ko'ngildagidek ketayapti. To'p bilan ishlashni boshlab yuborganman va yugurish mashqlarini ham a'lo darajada bajarayapman.
“Kardiff”ga qarshi o'yinga to'liq tiklanib ulgursamda, Angliya Kubogi doirasida bo'ladigan “Blekbern”ga qarshi o'yinda ham oz muddat maydonga tushishim mumkin. Bu esa mashg'ulotlarda qanday qatnashishimga bog'liq”, - deydi Aguero.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum argentinalik futbolchi chempionatda 19 ta gol urishga erishgan.