"Manchester Siti" bir hujumchini sotib olish uchun 200 mln evro tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
7 sen 2018, 00:55
"Manchester Siti" keyingi yozda ham transferlar uchun anchagina mablag' ishlatmoqchi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, "shaharliklar" "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni transfer qilish niyatida bo'lib turibdi. Angliyaning amaldagi chempionlari fransiyalik futbolchi uchun 200 mln evro to'lashga tayyor turibdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Barselona" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana