"Manchester Siti" Bellingemga qiziqmoqda

Alisher
12 iyun 2022, 14:13
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemga yana bir top-klub qiziqmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 18 yoshli angliyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqmoqda.

Xavbekka shuningdek "Real" va "Manchester Yunayted" befarq emas. Transfermarkt Bellingemni 80 mln evroga baholamoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum nemis chempionatida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur