"Manchester Siti" "Bavariya"ning bir yo'la ikki top o'yinchisini xarid qilishi mumkin

Alisher
4 fev 2024, 11:37
Jurnalist Sem Li "Manchester Siti"ning yozdagi ehtimoliy transfer maqsadlarini ma'lum qildi.

Birinchi variant "Trua"dan "Jirona" safida ijara asosida o'ynayotgan Savio. Ikki klub ham City Football Group tizimida, shunday ekan 19 yoshli braziliyalikning o'tishini tashkil etish oson.

"Shaharliklar" shuningdek "Bavariya"ning ikki futbolchisiga qiziqishmoqda – 28 yoshli Joshua Kimmix va 20 yoshli Jamal Musiala. Birinchisining shartnomasi 2025 yilning yozida, ikkinchisiniki 2026 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic