"Manchester Siti" Aleksis Sanches borasida "Arsenal"ga taklif yuboradi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 15:50
"Manchester Siti"ga "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches kerak.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" shu haftada londonliklarga taklif yuborishadi. Transfer oynasi 31 agust kuni yopiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" kelishuvga yarim himoyachi Raxim Sterlingni qo'shishga tayyor. 22 yoshli ingliz 2015 yilning yozida 62,5 mln. evro evaziga "Liverpul"dan xarid qilingan edi.

Chili OAVning ma'lumotlariga ko'ra, Aleksis Sanches kelajagi borasidagi masalani hal qilish uchun milliy terma jamoadan uni qo'yib yuborishni so'ragan. 28 yoshli futbolchi va "Arsenal" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports