“Manchester Siti” 608 daqiqa deganda o'z darvozasidan gol o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2020, 08:05
“Siti” APL 13-turi doirasida “Vest Bromvich” bilan durang o'ynadi.

“Vest Bromvich” 43-daqiqada “Siti” himoyachisi Ruben Diashning avtogoli evaziga hisobni tenglashtirdi. Yakunda ushbu gol o'yindagi so'nggisi bo'ldi va tomonlar 1:1 hisobidagi durangga rozi bo'ldi.

Natijada “Manchester Siti”ning joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida davom etib kelayotgan quruq o'yinlar ceriyasi 608 daqiqa deganda yakuniga etdi.

So'nggi bor “Chelsi” darvozasini APL doirasida 21 noyabrda “Tottenxem” yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso ishg'ol qilgandi (2:0). Shundan so'ng “shaharliklar” ketma-ket 6 ta quruq o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta