Manchester policiyasi Mourinyuga javob berdi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2018, 18:05
Manchester shahri policiyasi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu aybloviga javob berdi.

Mourinyu jamoa "Valensiya"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi uchun kech qolganlikda shahar policiyasini aybladi. Mankunianlar "Old Trafford"ga odatdagidan 45 daqiqa kech yetib keldi. Ushbu sabab tufayli bahs 00:00da emas, 00:05da boshlandi.

"Barcha policiya operaciyalari vaziyatni hisobga olib amalga oshiriladi. Kuzatib borish guruhlaridan ehtimoliy xavf haqida ma'lumot bo'lganda foydalaniladi.

Oldinroq Manchester policiyasi murabbiyni kuzatib borish uchun avtomobildan foydalangan edi, ammo tahlildan so'ng har bir uchrashuvda kuzatuv shart emasligi haqida qaror qabul qilindi.

Bir necha oy mobaynida klublar bilan maslahatlashdik va ular stadionga kelish vaqtini aniq rejalashtirishi kerak edi. Har bir o'yin individual ko'rib baholanadi" - deyiladi policiya bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: LiveSport.Ru