Manba: Kunde o'ng qanot himoyachisi bo'lib o'ynashga rozi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 11:37
Ammo "Barselona" bu poziciya uchun futbolchi qidirmoqda.

Jyul Kunde "Barselona" bosh murabbiyi Xavi bilan uchrashdi va uni tez-tez o'ng qanot himoyachisi sifatida to'p tepishga tayyor ekanligiga ishontirdi, deb xabar berdi AS. 

Oldinroq fransiyalik futbolchi kataloniyaliklar klubini tark etishga tayyor, chunki u qanotda o'ynashni yoqtirmasligi va markaziy himoyachi bo'lib harakat qilishni istashi haqida xabar berilgandi. Jyul Kunde o'ng qanot himoyachisi sifatida ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lishini tushunib etdi.

Biroq "Barselona" himoyaning o'ng qanotida o'ynaydigan Joau Kanseluga qiziqishda davom etmoqda. Boshqa tomondan, portugaliyalik futbolchi himoyaning chap qanotida ham o'ynay oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS