

"Barselona" rahbarlari "Manchester Siti"ning germaniyalik xavbeki Ilkay Gyundogan bilan oldindan shartnoma imzolashdi, u yozda kataloniyaliklar tarkibiga kelib qo'shiladi.
Insayder Viktor Malo xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" vakillari yozda "Barselona" futbolchisiga aylanishi kerak bo'lgan 32 yoshli germaniyalik futbolchi bilan allaqachon kelishuv imzolagan. Gyundoganning transferi va ro'yxatdan o'tkazilishi haqidagi rasmiy e'lon "Barselona"ning moliyaviy qiyinchiliklari tufayli kechiktirilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ilkay Gyundogan joriy mavsum "shaharliklar" tarkibida Angliya chempionatida 26 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



