Manba: "Barselona" Flik bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidentlik saylovlaridan so'ng germaniyalik murabbiy Xansi Flik bilan yangi shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi.

"Diario Sport" ma'lumotlariga ko'ra, yangi kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Nemis mutaxassisi bu qarorni Joan Laporta saylovda g'alaba qozonganidan keyin qabul qilgan.

Klub yaqin kunlarda yangi bitim haqida rasman e'lon qiladi. Eslatib o'tamiz, Laporta saylovlarda 68% ovoz to'plab, klub prezidenti lavozimini saqlab qoldi.

Xansi Flik "ko'k-anorranglilar"ni 2024 yildan beri boshqarib kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport