"Man Siti" yulduzi yaqin oylarda jamoani tark etishga tayyor - Football Insider

28 mar 2026, 08:25
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Filip Foden yaqin oylar ichida jamoani tark etishga tayyor.

"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Filip Foden yaqin oylar ichida jamoani tark etishga tayyor. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli yarim himoyachi "shaharliklar" safida maydonga tushish vaqtidan norozi. Foden, agar yaqin oylarda klub bilan kelishuvga erishmasa, Angliyani tark etishga tayyor. Takidlanishicha, "Manchester Siti" futbolchining ketishini istamaydi.

Joriy mavsumda Foden barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va beshta golli pas berdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider