“Man Siti” “Real”ning rekordini yangilashi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2017, 01:10
“Manchester Siti” klubi mavsumlar oralig'ida ancha faol transfer kampaniyasini o'tkazdi.

“Shaharliklar” hozircha transferlar uchun  hozircha 246 millon evro sarflashdi.

Manikunianliklar oltita futbolchi bilan shartnoma tuzishdi. Bular Benjamin Mendi (57,5 million), Kayl Uoker (56,5), Bernardo Silva (50), Ederson Moraes (40), Danilo (30) va Duglas Luis (12).

Shu tariqa ular bir transfer oynasi davrida sarflangan mablag' borasida “Real”ning rekordiga yaqinlashib qolishdi. 2009 yilning yozida “qirollik klubi” transferlar uchun 257 million sarflagandi. O'sha yili Madridliklar safiga Ronaldu (94), Kaka (65), Xabi Alonso (35), Karim Benzema (35), Raul Albiol (15), Alvaro Negredo (5), Alvaro Arbeola (4) va Esteban Granero (4) kelib qo'shilgandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: abola.pt