"Man Siti" "Nyukasl"ga qarshi o'yinda 93,7% aniq paslarni amalga oshirdi. Bu APL rekordi

Alisher
9 iyul 2020, 13:03
"Manchester Siti" APL 34-tur doirasidagi "Nyukasl" (5:0)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.

Opta ma'lumotlariga ko'ra, "Siti" o'yinda 93,7% aniq uzatmalarni amalga oshirdi (840tadan 787ta). Bu Angliya Premer-ligasi statistikalari to'planayotgandan beri rekord ko'rsatkichdir (2003/04 yilgi mavsumdan).

"Man Siti" 34 turdan so'ng 69 ochko jamg'argan holda APLda ikkinchi o'rinda bormoqda. Pep Gvardiola jamoasi kelasi o'yinni "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe