"Man Siti" Messini transfer qilishni o'ylamoqda

Alisher
25 avg 2020
"Manchester Siti" "Barselona" forvardi Lionel Messi klub uchun qanchalik qimmatga tushishini baholamoqchi.

"Shaharliklar" argentinalik futbolchining transferi qiyin bo'lishini tushunib turishibdi, ammo "ko'k-anorranglilar" Leoni sotishga rozilik bildirgan taqdirda transferga tayyor bo'lishmoqchi.

Shu sabab "Manchester Siti" transferning ehtimoliy harajatlarini hisoblamoqda. "Siti" shuningdek moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmasdan Messi bilan imzo chekish mumkinligi yoki yo'qligini o'rganishmoqda.

Oldinroq, 33 yoshli futbolchiga PSJ va "Inter" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. "Barselona" esa Messini faqat 700 mln evro evaziga qo'yib yuborishi haqida ham xabarlar chiqqan edi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN