Man Siti Messi uchun 500 million funt sarflashi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020, 14:13
Barselona sardori Lionel Messi klubdan ketishga yaqin.

Argentinalik Manchester Sitiga o'tishi mumkin. Bu transferni amalga oshirish uchun Siti taxminan 500 million funt sarflashi kerak bo'ladi, deb yozadi The Telegraph nashri.

Barselona Messini 200 million funt evaziga sotishi mumkin. Siti argentinalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Ayni paytda Messi yiliga taxminan 100 million funt maosh olayotganini inobatga olsak, 3 yil davomida Manchester klubida 300 million funt ishlab topadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Telegraph