“Man Siti” Kulibali va Pau Torresni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda

3 avg 2020, 23:53
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

ESPN nashrining ishonchli manbalariga tayanib xabar berishicha, “shaharliklar” “Bornmut” bilan  Natan Akening transferi bo'yicha kelishuvga erishgan bo'lishlariga qaramay, “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali va “Vilyarreal” a'zosi Pau Torresga ham jiddiy qiziqishmoqda.

Restartdan keyin o'tkazilgan APL bahslarida Nikolas Otamendi va Jon Stounz raqobatda 19 yoshli Erik Garsiyaga yutqazib qo'yishdi. Shu bois ularning “Siti”dagi kelajagi so'roq ostida turibdi.

Ilgariroq “Siti” Ake uchun 39 million funt to'lashi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN