"Man Siti" Gvardiolaga o'rinbosar topib qo'ydi

Alisher
30 mar 2020, 12:27
"Manchester Siti" rahbariyati yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiolaning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Klub esa murabbiy ketish ehtimoli sabab yangi murabbiy izlamoqda.

Angliya klubining nishoniga fransiyalik mutaxassis Patrik Vieyra tushib qoldi. 43 yoshli francuz ayni paytda "Nicca"ni boshqarmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 2019/20 yilgi mavsum Angliya chempionatida 29 turdan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Premer-liga esa koronavirus tufayli to'xtatilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Express