“Man Siti” yetakchilaridan birini dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi

Khoja
11 mar 2024, 09:50
“Manchester Siti” Fil Foden bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi.

23 yoshli futbolchining shartnomasi yakunlanishiga 3 yil bo'lishiga qaramasdan, “shaharliklar” futbolchiga yangi taklif berishga tayyor. Klub o'z tarbiyalanuvchisini jamoada olib qolish uchun dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylantirishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Foden hozirgi shartnomaga ko'ra haftasiga 200 ming funt maosh oladi. U joriy mavsum 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com