"Man Siti" 11 mln funtlik transferni amalga oshirdi

Alisher
16 avg 2022
"Manchester Siti" "Anderlext" himoyachisi Serxio Gomesning transferini e'lon qildi.

21 yoshli ispaniyalik "shaharliklar" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. U 21-raqam ostida harakat qiladi.

"Man Siti" "Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun 11 mln funt to'ladi.

Chap qanot yarim himoyada o'ynay oladigan chap himoyachi o'tgan mavsum "Anderlext" safida barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: mancity.com